
27.07.2023
Kattaqo'rg'on tumanida yashovchi fuqaro Z.S. tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Unda bayon etilishicha, fuqaroga tumandagi "Anvarjon Biznes Invest" MCHJ xodimlari tomonidan pochta orqali qarzdorlik bo‘yicha xat jo'natilgan. Ammo ushbu ogohlantirish xati murojaatchi xonadoniga o'z vaqtida yetkazilmagani sababli, iste'molchi majburiy ijro xodimlariga 300 ming so‘m ortiqcha mablag‘ to‘lashga majbur bo'lgan.
O‘rganish davomida MCHJ tamonidan fuqaroga haqiqatan ham ogohlantirish xati jo'natilgani, lekin pochta xodimi Sh.Sh. xatni o'z vaqtida yetkazib bermagani ma’lum bo‘ldi. Jamiyat xodimlari tomonidan pochta xodimiga qonun buzilish holati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilgandan so‘ng, Sh.Sh. tomonidan 300 ming so‘m mablag‘ iste'molchiga to‘lab berildi.