Telegram-bot Virtual qabulxona

26.03.2025

4 million so'mlik nosoz muzlatgich bepul ta'mirlab berildi

Farg‘ona tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tumanning "Vodil" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi M.I.ning muddatli to'lov asosida 4 092 000 so‘mga sotib olingan muzlagich oradan 3 oy o‘tib, nuqsonlari sabab ishlamay qolgani va uni ta'mirlatish bo‘yicha qilgan murojaatlari javobsiz qolayotganligi xususida federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali qilgan murojaati o‘rganildi. 

O‘rganish davomida muzlatgich "Asl baraka a'lo sifat" MChJga qarashli savdo do‘konidan iste'mol krediti shartlarida xarid qilinganligi ma'lum bo‘lib, savdo do‘koni mas'ullariga murojaatda keltirilgan talablar va ular asosida hamda qonunchilik talablari bo‘yicha sotuvchi tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. O‘rganish ishlari davomida muzlatgichdagi nuqson servis markazi ustalari tomonidan bartaraf etilib, soz holatga keltirib berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00