16.03.2022
Rossiya sifat tizimi (Roskachestvo) rahbari Maksim Protasov Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov federatsiya jamoasini 15-mart – Xalqaro isteʼmolchilar huquqlari kuni munosabati bilan tabriklab, xat yoʻlladi.
“Sizni va federatsiyadagi hamkasblarimizni Xalqaro isteʼmolchilar huquqlari kuni bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz.
Sizga isteʼmolchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni taʼminlashga qaratilgan samarali hamkorligingiz uchun minnatdorlik bildiramiz”, deyiladi M. Protasov tabrigida.