Telegram-bot Virtual qabulxona

19.09.2023

Ortiqcha to'langan pul mablag'i iste'molchiga qaytarildi

O‘zbekiston tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan "Nurli kelajak" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi S.Y.ning dorixonadan dori-darmon vositalarini xarid qilish jarayonida yuzaga kelgan tushunmovchilikni bartaraf etilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab, Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.

Murojaatga ko'ra, fuqaro tuman markazidagi "Shams Farm AA" MChJga qarashli dorixonadan 308 000 so‘mlik dori-darmon vositalarini xarid qilgan va to‘lovni telefoniga o‘rnatilgan to‘lov dasturi orqali amalga oshirgan. Lekin keyinchalik ma'lum bo‘lishicha, ushbu jarayonda dasturdan foydalanishda xatolikka yo‘l qo‘yilib, pul mablag‘i ikki marta o‘tkazib yuborilgan va iste'molchi bank kartasidan jami bo‘lib 616 000 so‘m pul yechilgan. So'ng, fuqaro sotuvchidan ortiqcha o‘tkazib yuborilgan pul mablag‘ini qaytarishni so‘ragan, ammo oradan ancha vaqt o'tgan bo'lsa-da, iste'molchi muammosi hal etib berilmagan.

Tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan iste'molchi murojaatida ko‘rsatilgan vajlarga aniqlik kiritish maqsadida dorixonaga tashrif buyurilganda iste'molchining puli u ishonch telefoniga murojaat qilgan kunning ertasigayoq qaytarilganligi ma'lum bo‘ldi. Bu borada iste'molchi bilan bog‘lanilganda u murojaatida ko‘tarilgan masala to‘liq hal bo‘lganligini ma'lum qilib, federatsiya xodimlariga minnatdorchilik bildirdi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00