Telegram-bot Virtual qabulxona

12.04.2023

7 500 000 so'mlik noreal qarzdorlik bartaraf etildi

Samarqand viloyati Ishtixon tumani Azamat MFY da yashovchi fuqaro M.M O’zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining telegram boti orqali murojaat qilgan.

Unda bayon etilishicha, fuqaro zimmasiga Ishtixon tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan 7 500 000 soʻm noreal qarzdorlik hisoblangan. Buning oqibatida, iste'molchi juda ko'p sarson bo'lgan.

Murojaat bo'yicha Ishtixon tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan qonun doirasida o’rganish ishlari olib borilib, iste'molchi muammosi tezda bartaraf etildi. Uning elektr energiyasidan 7 500 000 so’m qarzdorligi haqiqatan asossiz ekani aniqlanib, abonent hisobraqamidan qarzdorlik oʻchirildi va isteʼmolchi tarmoqqa qayta ulandi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00