
15.11.2023
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Yangiqoʻrgʻon tuman ijro etuvchi apparatiga "Yuqori qora yantoq" MFY da yashovchi A.A.dan murojaat kelib tushgan.
Unda keltirilishicha, isteʼmolchi "BBMax" savdo doʻkonidan "Iphone 11 Pro Max" telefonini oʻzaro kelishuv asosida 4 370 000 soʻmga sotib olgan. Ammo telefon ekranida muammo paydo bo'lgach, fuqaro uni savdo do'koniga qaytarib olib borgan. Sotuvchi esa turli bahonalarni ro'kach qilib, iste'molchini sarson qilgan.
Holat o'rganilib, ijro etuvchi apparat xodimlari tomonidan sotuvchiga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi va fuqaroning to'lagan pul mablag'i qaytarib olib berildi.