26.05.2023
Uchquduq tumani "Bo‘ston" ko‘chasi 1-uy 2-xonadonda istiqomat qiluvchi M.M. tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Unga ko'ra, fuqaro tuman markazida joylashgan “O‘zbekiston” savdo do‘konidan 7 500 000 (yetti million besh yuz ming) so‘mga sotib olgan kir yuvish mashinasini uyiga olib borib ko‘rsaki, uskuna nosoz holatda bo‘lgan — ishlamagan. Iste'molchi bu haqda do‘kon ma'muriyatiga ma'lum qilganida servis xizmatining telefon raqamini berishgan xolos. Servis xizmatida esa qo‘shimcha jihozlari 3-4 marotaba almashtirilishiga qaramasdan, kir yuvish mashinasi ishlamagan. Do‘kon sotuvchilari “Sotilgan narsani qaytarib olmaymiz, nosozlik uchun servis xizmati javob beradi”, — deya fuqaroni sarson qilgan.
Jamiyat xodimlarining aralashuvi bilan murojaat ijobiy qanoatlantirildi — nosoz uskuna servis xizmati tomonidan bepul, sifatli ta'mirlatib berildi.