Telegram-bot Virtual qabulxona

23.05.2023

134 million so'mlik savdo do'koni sud orqali iste'molchi nomiga rasmiylashtirildi

Qarshi shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro T.I.dan murojaat kelib tushgan.

Keltirilishicha, fuqaro 2016-yil 15-yavarda "Qarshi Aziz Qurilish Montaj Servis" MCHJ bilan uy-joy qurilishida hissali ishtirok etish bo'yicha shartnoma tuzgan. Unga ko'ra, MChJ "Roguzar" MFY I.Karimov ko‘chasida qurilayotgan 3 qavatli uy-joyning 1-qavatidagi umumiy maydoni 56,7 m2 bo'lgan savdo do'konini murojaatchiga shaxsiy mulk qilib berishi kerak bo'lgan. Ammo fuqaro shartnomada ko'rsatilgan 134 410 000 so'mni vaqtida to'lagan bo'lishiga qaramasdan, savdo do‘koni 2023-yilga qadar fuqaro nomiga rasmiylashtirib berilmagan.

Holat bo'yicha jamiyat mutaxassislari tomonidan o'rganish ishlari o'tkazilib, tegishli tartibda Fuqarolik ishlari bo'yicha Qarshi tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritildi. Sud qaroriga ko'ra, savdo do‘koni murojaatchi nomiga rasmiylashtirib berildi. Shuningedek, MChJdan davlat foydasiga 660 ming so'm davlat boji, 30 ming so'm pochta xarajatlari undirildi.

 
 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00