Telegram-bot Virtual qabulxona

06.08.2024

14 million so'mlik nosoz motoroller sifatlisiga almashtirildi

Joriy yilning 15-iyul sanasida O'zbekiston iste'molchilar huquqlarni himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Buxoro tuman jamiyatiga Jondor tumani "Navrobod" MFY "Peshxandak" qishlog'ida yashovchi fuqaro G.H.  tomonidan murojaat kelib tushgan. 

Unda keltirilishicha, fuqaro 2024-yilning 12-iyun kuni Buxoro tumanida joylashgan "Abdusalomov mototexnika" savdo do'konidan 14 000 000 so'mga motoroller xarid qilgan. Oradan 1 oy vaqt o'tib, ushbu texnika nosoz holga kelib, ishlamay qolgan. Iste'molchining nosoz moterollerni sifatlisiga almashtirish bo'yicha talabi esa mas'ullar tomonidan qanoatlantirilmagan.

Jamiyat mutaxassislari fuqaro murojaatiga asosan, savdo do'koni rahbari bilan uchrashib, unga "Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi va "Jismoniy va Yuridik shaxslar to'g'risida"gi Qonunining tegishli bandlari yuzasidan tushuntirishlar berib o'tildi. Bundan to'g'ri xulosa chiqargan tadbirkor tomonidan nosoz motoroller sifatlisiga almashtirib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00