
26.09.2023
Qo'shko'pir tuman "Xonabod" qishlog'ida yashovchi fuqaro I. Sh. tomonidan tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushgan.
Unga ko'ra, fuqaro xonadoni uchun plastik darvoza yasatish uchun tuman markazida faoliyat yuritayotgan ustaga 4 110 000 so'm pulni oldindan to'lab, buyurtma bergan. Ammo darvoza fuqaro buyurtmasi asosida tayyorlanmagan.
Holat yuzasidan tadbirkor ustaga qonuniy tushuntirish olib borilishi natijasida, murojaatchiga tegishli 4 110 000 so'm pul mablag'i to'liq qaytarib berildi.