
16.09.2024
Toshkent shahar hududiy birlashmasiga federatsiya ishonch telefoni orqali A.I. tomonidan murojaat kelib tushgan.
Murojaat mazmuniga koʻra, iste’molchi “Orient Swiss Tashkent” MChJ dan “Infiniks Hot 10 play” telefoniga buyurtma bergan, ammo unga “Infiniks Hot 12 play” rusumli telefon yetkazilgan. Iste’molchi telefondan bir muddat foydalanganidan soʻng, IMEI roʻyxatida bloklab qoʻyilgan. Fuqaro bu haqda korxonaga shikoyat qilgan bo'lsa-da, hech qanday natija bo'lmagan.
Murojaat hududiy birlashma xodimlari tomonidan to'liq oʻrganildi va qonun doirasida tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada, iste’molchi murojaati ijobiy hal etilishiga erishildi.