Telegram-bot Virtual qabulxona

12.09.2023

8 million so'mlik nosoz telefon bepul ta'mirlab berildi

Toshloq tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan tumanning Furqat mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi A. A. xarid qilingan mobil qurilmani nuqsonli chiqganligini, ushbu nuqsonni amaldagi qonunchilik talablari asosida bepul bartaraf etilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragan.

Iste'molchi tuman hududida faoliyat olib boruvchi kredit savdo do‘konidan 8 000 000 so‘mga tovar qiymatini bo‘lib to‘lash sharti va uch yillik kafolat muddati bilan uyali telefon xarid qilgan. Ammo sotib olingan telefonda bir oy ichida bir necha marotaba o‘chib-yonish holatlari kuzatilgan. Shuningdek, telefon quvvatlagichga qo'yilganda uning ekrani o'z-o'zidan sinib, chilparchin bo'lib ketgan.

Murojaatni o‘rganish jarayonida uyali telefon ta'mirlash uchun servis markaziga yuborilganda mexanik shikastlanganligi va kafolat shartining 4-bo‘lim "a" bandi talabiga ko‘ra, kafolatli ta'mirga noloyiq, deb xulosa berildi. Ushbu xulosaga qoniqmagan holda, servis kompaniyaning Toshkent shahridagi yuqori turuvchi tashkiloti bilan mazkur masalada muzokaralar olib borilgach, telefon bepul ta'mirlab berilib, masala ijobiy hal etilishiga erishildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00