Telegram-bot Virtual qabulxona

23.09.2024

14 million soʻmlik nosoz konditsioner sifatlisiga almashtirildi

Chiroqchi tumani "Xalqobod" mahallasida yashovchi fuqaro Z.T. tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib, tumandagi “Hamroh” maishiy texnikalar savdo doʻkonidan muddatli toʻlov asosida 14 milllion 382 ming soʻmga “Shivaki” rusumli konditsioner sotib olganligi, biroq ushbu mahsulot foydalanish yoʻriqnomasida koʻrsatilganidek ishlamaganligi, ya'ni past kuchlanishda xonani sovitib bera olmayotganligini ma'lum qilgan.

Murojaatda  qayd etilishicha, fuqaro mahsulotdagi ushbu nuqsonlarni bartaraf etish toʻgʻrisida bir necha bor sotuvchi va ishlab chiqaruvchi vakillariga  murojaat etgan va ular tomonidan konditsionerga bir marta 770 ming soʻm evaziga texnik xizmat ham koʻrsatilgan. Ammo undagi nuqsonlar toʻliq  bartaraf etilmagan.

Fuqaroning murojaati amaldagi iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik talablariga muvofiq oʻrganildi. Oʻrganish jarayonida sotuvchiga muddatli toʻlov asosida uzoq vaqt foydalanishga moʻljallangan tovarlarni sotish tartiblari va bu boradagi kafillik majburiyatlari tushuntirildi hamda iste'molchiga sotilgan nuqsonli mahsulot boshqa sifatlisiga almashtirib berilishi ta'minlandi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00