
01.08.2024
Uzun tumani «Nurafshon» mahallasida yashovchi fuqaro X.N. Denov tumanida joylashgan «Adidas» maishiy-texnika savdo do‘konidan narxi 3 800 000 so‘m bo‘lgan «Indesit» rusumli muzlatgich sotib oladi. Muzlatgichni uyiga olib borib ishlatishni boshlaganida unda nuqsonlar borligi aniqlanadi, ammo do‘kon xodimlari mahsulotni qaytarib olishdan bosh tortadi.
Ushbu holatdan norozi bo‘lgan fuqaro Denov tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qiladi. Murojaat o'rganilishi natijasida, isteʼmolchining muzlatgich uchun to‘lagan 3 800 000 so‘m pul mablag‘i qaytarib berildi.