
18.07.2024
Chiroqchi tumani "Dursun" qishlog‘ida yashovchi fuqaro O.S. tumandagi maishiy texnikalar savdo do‘konidan 6 million so‘mga LG rusumli muzlatgich sotib oladi. Biroq unda nuqsonlar kuzatilib, sovitish tizimi ishdan chiqqanligi aniqlanadi. Sotuvchi esa iste'molchining nuqsonli mahsulotni almashtirish bo'yicha talabini bajarmaydi.
Fuqaroning mazkur holat bo‘yicha tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga qilgan murojaati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida uzoq muddat foydalanishga mo‘ljallangan bunday turdagi mahsulotlar savdosini amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari, bu borada sotuvchi va ishlab chiqaruvchining kafillik majburiyatlari xususida tushuntirishlar olib borildi.
Murojaatni o‘rganish yakunida nuqsonli muzlatgich shu rusumdagi boshqa sifatlisiga almashtirib berilishi ta'minlandi.