Telegram-bot Virtual qabulxona

21.06.2023

Nosoz tovar puli o'z egasiga qaytarildi

Zarafshon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Zarafshon shahar 6-kichik tumanda yashovchi fuqaro L.S. tomonidan og‘zaki murojaat kelib tushgan.

Unga ko'ra, fuqaro “Mo‘jizalar maydonchasi”da joylashgan savdo do‘konlarining biridan narxi 270 ming so‘m bo'lgan soch dazmoli sotib olgan. Ammo xarid qilinganidan bir kun o'tib, tovar nosoz ekanligi ma'lum bo'lgan. Iste'molchi uni savdo do'koniga qaytarganda sotuvchilar nuqsonli tovarni almashtirib berishdan bosh tortgan.

Murojaat yuzasidan jamiyat xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilib, savdo do‘koni xodimlariga  O‘zbekiston Respublikasi  “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuning tegishli moddalari tushuntirildi. Natijada, savdo do'koni tomonidan 270 ming so'm pul mablag'i murojaatchiga qaytarib berildi.

 

 

 

 

 


 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00