11.11.2024
Xiva shahar "Lolazor" mahallasida yashovchi fuqaro M.A. 2024-yil 28-oktyabr kuni Xiva tumanida faoliyat yuritayotgan Mahmud ismli eshik-deraza tuzatuvchi ustaga 8 ta zamonaviy eshik yasab berish uchun buyurtma bergan va 20 000 000 so’m oldindan to’lov qilgan. Ammo eshiklar talabga mos kelmagani, usta tamonidan kamchiliklar bartaraf qilinmaganidan norozi bo’lib, Xiva tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
O’tkazilgan o’rganishlar natijasida, iste’molchining 20 000 000 so’m pul mablag’i qaytarib olib berildi.