Telegram-bot Virtual qabulxona

15.12.2021

Isteʼmolchi talabi toʻliq qanoatlantirildi

           Xorazm viloyati Gurlan tumanida yashovchi fuqaro Gʻ.Davletov tomonidan 2021-yil 7-may kuni  Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining 1091 ishonch telefoni orыali murojaat kelib tushdi. 
Murojaatda taʼkidlanishicha isteʼmolchi Gʻ.Davletov Urganch shahrida joylashgan “Oriyent Avto Lizing” MCHJ bilan  2020-yil 15 oktabr kuni Davletov Farxod nomiga Damas rusumli mashinaga 28.087.269  (yigirma sakkiz million sakson yetti ming ikki yuz oltmish toʻqqiz ) soʻm toʻlov qilib shartnoma imzolagan biroq ushbu mashina shartnoma muddati oʻtganidan keyin xam kelmaganidan norozi boʻlgan fuqaro pulini qaytarib berishlarini soʻrab ariza bilan murojaat qilganida xam puli qaytarib berilmagan. 
            Murojaatdagi holatlarga oydinlik kiritish maqsadida Federatsiyaning Urganch shahar jamiyati “Oriyent Avto Lizing” MCHJ xodimlari va isteʼmolchi bilan birgalikda oʻrganish ishlari olib borildi. 
            Oʻrganish natijasiga koʻra, 28.087.269  (yigirma sakkiz million sakson yetti ming ikki yuz oltmish toʻqqiz )  soʻm pul mablagʻ isteʼmolchiga olib berilishiga erishildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00