Telegram-bot Virtual qabulxona

12.07.2024

Iste'molchi foydasiga sud orqali 115 million so'm moddiy va ma'naviy zarar undirildi

Qurilayotgan ko‘p qavatli uylarni qurilish tugallanmasdan avval xarid qilish, oldindan to‘lovni amalga oshirib, shartnoma tuzish iste’molchilar orasida odat tusiga kirgan. Albatta, qurilish sifatli yakunlanib, xonadon shartnomada belgilangan muddatda topshirilsa, tushunmovchilik yuzaga kelmaydi. Ammo to‘lovni amalga oshirgandan so'ng, kun sanab, yangi xonadonga erishish istagida bo‘lgan iste’molchiga quruvchi tashkilot tomonidan xonadon kelishilgan muddatda topshirilmasa qanday yo‘l tutish kerak?

Fuqaro K.M. "DILUMNUR NUR STROY" MChJ tomonidan Buxoro shahrida qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan xonadon xarid qilish maqsadida quruvchi tashkilot bilan shartnoma imzolab, to‘lovni amalga oshirgan. Ammo shartnomada belgilangan muddatda qurilish yakunlanmagan, xonadon sohiblariga topshirilmagan.

Quruvchi tadbirkor bilan kelishuvga erisha olmagan fuqaro amaliy yordam so‘rab, Buxoro shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaat qilgan. Ushbu holat bo‘yicha Buxoro shahar jamiyati xodimlari tomonidan hujjatlar jildi tayyorlanib, fuqarolik ishlari bo'yicha Buxoro tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi. Sud qaroriga ko‘ra, fuqaro K.M ga yetkazilgan 105 000 000 so‘m penya va 10 000 000 so‘m miqdorida moddiy va ma'naviy zararlar qoplab berilishiga erishildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00