Telegram-bot Virtual qabulxona

28.12.2021

Avtosalon shartnoma shartlarini bajarmadi-mi?

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yashovchi fuqaro U.Esonov Federatsiyaning ishonch telefoni orqali  murojaat qilib, turmush oʻrtogʻi Nilufar Qodirova nomiga DAMAS-2 LB2 (Labo pikap) rusumli avtomashina sotib olish uchun Qarshi shahrida joylashgan “Qashqadaryo avtotexxizmat” MCHJ bilan 2021-yilning 12-avgust kuni 67 million 500 ming soʻmlik shartnoma tuzgan. Avtomashina uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlagan boʻlsada, shartnomada koʻrsatilgan muddatda avtomashina yetkazib berilmaganini aytib oʻtgan.
Oʻrganishlar davomida shartnomaning 3.1 bandida avtomobilni yetkazib berish muddati 2021-yilning 30-noyabrigacha etib belgilanganligi aniqlandi. Shuningdek, shartnoma rasmiylashtirilgandan soʻng esa, isteʼmolchi U.Qodirova tomonidan avtomobilning rangi oq rangdan qaymoq rangga oʻzgartirilishi soʻralganligi maʼlum boʻldi.
Natijada, isteʼmolchining talablari inobatga olingan holda avtomashina oʻz vaqtida isteʼmolchiga yetkazib berilishiga erishildi


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00