
13.02.2024
Uychi tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumanda yashovchi fuqaro Oʻ.T. tomonidan murojaat kelib tushgan.
Unda keltirilishicha, fuqaro 2024-yilning yanvar oyida tuman markazida joylashgan "Ishonch" savdo doʻkonidan muddatli toʻlov asosida mebel xarid qilgan, ammo isteʼmolchi mebellar sifatidan qoniqmagani sababli, uni savdo doʻkoniga qaytarmoqchi ekanini aytgan lekin doʻkon xodimlari tomonidan rad javobini olgan.
Uychi tuman ijro etuvchi apparati xodimlari tomonidan isteʼmolchining murojaati oʻrganilib, 4 936 994 soʻmlik shartnomasi bekor qilindi.