Telegram-bot Virtual qabulxona

09.04.2024

Iste'molchini 3 oy qiynab kelgan muammo 3 kun ichida bartaraf qilindi

Farg‘ona shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan shaharning "Marhamat" ko‘chasida yashovchi M.A.ning xarid qilingan televizorda ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan yo‘l qo‘yilgan nuqson aniqlangan bo‘lsa-da, uni almashtirib berish ishlari paysalga solinayotganligi xususidagi murojaati o‘rganildi.

Keltirilishicha, fuqaro 2023-yilning 12-dekabrida shahardagi "Media park" do‘konidan 12 000 000 so‘mga "Avalon" rusumli televizor va unga taglik (podstavka) sotib olgan. Iste'molchi televizordan foydalanishining ikkinchi kunidayoq unda nuqson borligini aniqlab, "Artel" servis markaziga murojaat qilgan. Servis markazi mutaxassisi tomonidan nuqsonga haqiqatan ham ishlab chiqaruvchi korxona aybi bilan yo‘l qo‘yilgani e'tirof qilinib, uning almashtirib berilishi va'da qilingan bo‘lsa-da, masala iste'molchi shahar jamiyatiga murojaat yo‘llagan kunga qadar paysalga solib kelingan.

Murojaatni o‘rganish doirasida servis markazi mas'ullari bilan uchrashilib, yuzaga kelgan holatda amaldagi qonunchilik talablari, xususan, iste'molchiga nuqsonli tovar sotilganda uning huquqlari, nuqsonli tovarni almashtirib berish tartiblari hamda ushbu talablarni bajarilmasligi natijasida kelib chiquvchi huquqiy oqibatlar yuzasidan tushuntirishlar berildi. Natijada, nuqsonli televizor xuddi shu markadagi maqbul sifatdagisiga almashtirib berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00