Telegram-bot Virtual qabulxona

08.02.2023

Kechikkan avtomobil yoxud avtosalonlarga tekkan kasallik

Urgut tumani "Quyiguzar" MFY da yashovchi fuqaro G.Baxrievaning Samarqand shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga ogʼzaki tartibda qilgan murojaati mutaxassislar tomonidan tegishli tartibda oʼrganildi.
 
Maʼlum boʼlishicha, fuqaro “Samarqand Avto Tex Xizmat” MChJ bilan 2022-yil 15-iyun kuni tuzilgan shartnomaga asosan belgilangan tartibda 131 134 000 soʼm toʼlovni amalga oshirgan. Shartnoma shartlarida fuqaroga 2022-yilning 30-noyabr kunida MChJ tomonidan "Lacetti" L-Style MT rusumidagi avtomobil yetkazib berilishi koʼrsatilgan. Аmmo belgilangan vaqtdan ikki oy muddat oʼtib ketgan boʼlsa-da, fuqaroga avtomobil yetkazib berilmagan.
 
Samarqand shahar iste'molchilarni himoya qilish jamiyatining mutaxassis xodimlari tomonidan MChJ rahbariyatiga Oʼzbekiston “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʼgʼrisida”gi qonunning tegishli moddalari tushuntirilib, zarur hujjatlar asosida xulosa qilindi. Natijada 2023-yil 7-fevral kuni fuqaro G.Baxrievaga MChJ tomonidan avtomobil yetkazib berildi.

Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00