
09.01.2024
Uchko‘prik tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Qo‘qon shahar "Nurli hayot" ko‘chasida yashovchi M.J.ning tuman hududidan xarid qilingan temirchilik mahsulotlarini sotuvchiga qaytarish muammo bo‘layotgani xususida federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.
Iste'molchining so‘zlariga ko‘ra, u tuman hududidagi temirchilik mahsulotlari savdo do‘konidan har biri 10 metr bo'lgan temir profildan 62 donasini jami 8 550 000 so‘mga xarid qilgan. Lekin ularni xonadoniga olib kelganida usta temir profilning mazkur turi u tomonidan tayyorlanadigan material uchun mos kelmasligini ma'lum qilgan. Shundan so‘ng, fuqaro savdo do‘koniga kelib, mahsulotlarni qaytarishini bildirganida, sotuvchilar sotilgan tovar qaytarib olinmasligini aytgan.
Tuman jamiyati mutaxassislari murojaatni o‘rganish maqsadida sotuvchi bilan uchrashib, unga amaldagi qonunchilik talablari, iste'molchining huquqlari va sotuvchi majburiyatlari yuzasidan tushuntirishlar berganlaridan so‘ng, iste'molchiga 8 550 000 so‘m pullari to‘liq qaytarilishiga erishildi.