Telegram-bot Virtual qabulxona

27.01.2025

Muzlatgich sotib olish uchun tuzilgan 15 million so'mlik shartnoma bekor qilindi

Qarshi shahri "Samarqand" mahallasida yashovchi fuqaro Sh.N. “Orzu grant” savdo do'konidan bir yil muddatda bo'lib to'lash sharti bilan 15 million 370 ming so'mga “Samsung” rusumli muzlatgich sotib oladi. Biroq sotib olingan mahsulotda nosozliklar kuzatila boshlaydi. Sotuvchi va ishlab chiqaruvchi vakillari esa nuqsonli mahsulotdagi kamchiliklarni bartaraf etish va bepul servis xizmati ko'rsatishni paysalga soladi.

Fuqaroning bu haqda O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ishonch telefoni orqali qilgan murojaati tegishli tartibda o'rganildi. O'rganish jarayonida nosoz holga kelib qolgan muzlatgich sotuvchi tomonidan bir yillik kafolat muddati asosida sotilganligi, ammo mahsulot uchun berilgan kafillik majburiyatlari bajarilmaganligi aniqlandi.

Sotuvchiga amaldagi “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi qonunga muvofiq belgilangan kafillik majburiyatlari xususida tushuntirishlar berildi va nuqsonli muzlatgich savdo do'koniga qaytarilib, iste'molchi bilan rasmiylashtirilgan 15 million 370 ming so'mlik shartnoma bekor qilinishi ta'minlandi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00