06.03.2023
Qo‘shtepa tumani "Balandmasjid" MFYda yashovchi A.R.ning tabiiy gaz to‘lovlari bo‘yicha asossiz qarzdorlik hisoblanayotganidan norozi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasiga qilgan murojaati tegishliligi bo‘yicha Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganildi.
Iste’molchi murojaati asosida olib borilgan o‘rganish ishlari davomida fuqaroning "Xumdon" MFY hududidagi xonadoniga zamonaviy "Askug" gaz hisoblash uskunasi o‘rnatilgani, xonadon egalari tomonidan tabiiy gaz uchun amalga oshirilgan to‘lovlarni hisoblagich ko‘rsatkichlari asosida qayta hisob-kitob qilinganda qarzdorlik mavjud emasligi, xonadon uchun hisoblangan 600 ming so‘m miqdordagi qarzdorlikning esa texnik xatolik tufayli yuzaga kelgani ma’lum bo‘ldi.
Natijada, texnik xatolik sababli elektron bazaga kirib qolgan qarzdorlik bo‘yicha tegishli tartibda dalolatnoma tuzilib, yuzaga kelgan noreal qarzdorlik iste'molchi to'lov majburiyatlaridan olib tashlandi.