
01.04.2025
Qorao'zak tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Unga ko'ra, fuqaro tumandagi "Amaniyaz mebel" MChJga 2 million 800 ming so'mga mebel buyurtma bergan. Mebel belgilangan muddatdan ancha kech bitkazib berilgan. Shuningdek, iste'molchi buyurtmasi asosida tayyorlanmagan. Mebel markazi xodimlari qayta ishlab berishga va'da bergan bo'lsa-da, shu kungacha muammo hal etilmagan.
Iste'molchining murojati jamiyat mutaxassislari tomonidan tegishli tartibda o'rganib chiqildi va mebel iste'molchi buyurtma bergandek qayta tayyorlab berildi.