
27.02.2025
Xatirchi tumani "Dehqonobod" MFYda yashovchi fuqaro N.I. 2025-yil 11-fevral kuni O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.
Murojaatda keltirilishicha, fuqaro 2025-yil 8-fevral kuni Xatirchi tuman markazida joylashgan savdo do‘konidan 1 350 000 so‘m bo‘lgan "Techno spark go 1" rusumli telefon sotib olgan, biroq nosoz bo'lib chiqqan. Savdo do‘koni mas'ullari esa turli bahonalar bilan nuqsonli telefonini taʼmirlab bermagan.
Jamiyat mas'ullari ushbu murojaatni joyida o‘rganib, savdo doʻkoni xodimlariga iste'molchilarning huquqlariga oid huquqiy tushuntirishlar berib oʻtgach, fuqaroning 1 350 000 so‘mga olgan telefoni yangi va sifatlisiga almashtirib berildi.