Telegram-bot Virtual qabulxona

01.11.2021

Tojikistonda o‘zaro tajriba almashish va hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan amaliy konfrensiya bo‘lib o‘tdi.

 

Joriy yilning 25-27-oktyabr kunlari Tojikiston iste’molchilar uyushmasi (UTP) va O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida tajriba almashish, iste’molchilarning huquqlari nimalardan iborat ekani, iste’molchilik madaniyatini shakllantirish maqsadida joylarda tadbirlar tashkil etildi.
Xususan, ushbu hamkorlik doirasida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi delegasiyasi SPT taklifiga binoan Tojikiston Respublikasiga tashrif buyurdi. Federasiya 3 kunlik tashrif davomida Xo‘jand va Dushanbe shaharlarida tashkil etilgan press-tur tadbirlarda ishtirok etdi.
Shuningdek, mazkur shaharlarda o‘zaro tajriba almashishga qaratilgan ikkita davra suhbati, “Xo‘jandvodokanal” DUK huzuridagi Iste’molchilar jamoatchilik kengashi bilan amaliy uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi, unda tomonlar pandemiya davrida iste’molchilar huquqlarini amaliy himoya qilish shartlari, usullari va yondashuvlarini muhokama qildilar. Davra suhbatlarida Tatariston Respublikasi Hukumati huzuridagi Monopoliyaga qarshi xizmat va “Tojikstandart” agentligi vakillari ham ishtirok etishdi.
Bundan tashqari, Federasiya delegasiyasi Tojikistonning B.Gʻofurov tumanidagi “Arbob” saroy majmuasi, Dushanbe shahridagi “Ko‘xi Navro‘z” madaniy-ko‘ngilochar majmuasi va Nurek suv omboriga tashrif buyurib, u yerda amalga oshirilayotgan va qilinishi ko‘zda tutilgan ishlar bilan tanishdi.
Eslatib o‘tamiz, ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro tajriba almashish va hamkorlikni yanada mustahkailashga qaratilgan konferensiyalari har yili 2018-yil 19-aprelda Tojikiston iste’molchilar uyushmasi va O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi o‘rtasida tuzilgan o‘zaro anglashuv memorandumi doirasida o‘tkaziladi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00