
29.03.2024
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Davlatobod tuman ijro etuvchi apparatiga koʻp qavatli uylarda yashovchi isteʼmolchilardan koʻplab murojaat kelib tushgan.
Maʼlum boʻlishicha, koʻrsatilmagan pullik xizmatlar uchun hisoblangan noreal qarzdorliklarni undirish maqsadida “New Stroy Professional Kompaniyasi” MCHJ, "Mustaqillik Boshqaruv Servis Kompaniyasi" MCHJ va “Gigant Kommunal Servis” PBT MCHJ xizmat koʻrsatuvchilari tomonidan Davlatobod tumani "Doʻstlik”, “Yangi tong”, “Istiqlol” va “Mustaqillik” MFYlardagi koʻplab xonadonlarga talabnomalar yuborilgan. Holat Davlatobod tuman ijro etuvchi apparati xodimlari tomonidan oʻrganilganda, koʻp qavatli uylardagi 145 ta xonadonga xuddi shu mazmunda talabnomalar yuborilganligi aniqlandi.
Talabnomalarga asosan koʻrsatilmagan xizmatlar uchun 90 110 000 soʻm noreal qarzdorlik hisoblangan boʻlib, ijro etuvchi apparat xodimlari saʼy-harakatlari natijasida, ushbu noreal qarzdorliklar “BILLING” dasturidan chiqarildi va isteʼmolchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilib berildi.