28.09.2023
Buxoro tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.S. onasini davolash maqsadida Buxoro shahridagi "M." xususiy klinikasiga olib borgan. Muolaja yakunlangach, kelishilgan narxdan yuqori to‘lov qilishi aytilgan. Shuningdek, bemorda muolajadan keyin hech qanday o‘zgarish ham kuzatilmagan. So'ng, fuqaro holatga oydinlik kiritish maqsadida Buxoro shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga ariza qoldirgan.
Buxoro shahar jamiyati xodimlari sa’y-harakatlari orqali murojaat to'liq o‘rganib chiqildi. Natijada, iste’molchiga ko‘rsatilgan xizmat uchun hisoblangan ortiqcha 3 250 000 so‘m to‘lov to‘liq qaytarib olib berildi.