Telegram-bot Virtual qabulxona

07.07.2023

2 million 450 ming so'm pul mablag'i iste'molchiga qaytarildi

Shahrisabz tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumanning "Obod" mahallasida yashovchi fuqaro G.Q.dan murojaat kelib tushgan.

Unga ko'ra, fuqaro Shahrisabz tumani "Chorshanbe" qishlogʼida joylashgan maishiy texnika savdo do'konidan 2 450 000 soʼmga gaz plita sotib olgan. Ammo uni xonadoniga olib borganda qutiga boshqa rusumdagi arzon gaz plita solib yuborilgani ma'lum bo'lgan. Sotuvchi esa gaz plitani almashtirib berishdan bosh tortgan.

Murojaatni oʼrganish jarayonida doʼkon sotuvchisi tomoidan haqiqatan ham gaz plita qutisiga ehtiyotsizlik tufayli boshqa rusumdagi arzon gaz plita solingani aniqlanib, tuman jamiyati xodimlarining aralashuvi bilan 2 million 450 ming so'm iste'molchiga qaytarildi.

      


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00