
10.12.2024
Qo‘qon shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan shaharning Amir Temur ko‘chasida yashovchi D.M.ning ichimlik suvi korxonasi tomonidan hisoblangan 3 200 000 so‘m qarzdorlikdan norozi bo‘lib, O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.
Murojaatni o‘rganishda to‘plangan hujjatlarga ko‘ra, fuqaro xonadonni 2024-yilning yanvar oyida xarid qilgan bo‘lib, mazkur xonadon joylashgan mahalla fuqarolar yig‘ini idorasi tomonidan o‘rganishga taqdim qilingan dalolatnomaga ko‘ra, ushbu xonadonda 2023-yilning noyabr oyidan 2024-yilning noyabr oyiga qadar hech kim yashamagan. D.M. 1 nafar farzandini olib Rossiya Federatsiyasiga ishlash uchun ketgan.
Shundan so‘ng, ichimlik suvi ta'minoti korxonasiga o‘rganish davomida to‘plangan hujjatlarni ilova qilgan holda so‘rov xati kiritilgach, korxona mas'ullari tomonidan qayta hisob-kitob ishlari olib borildi. O‘rganish ishlari davomida esa iste'molchi murojaatida keltirilgan vajlarning o‘rinli ekanligi, uning ichimlik suvi to‘lovlaridan qarzdorligi mavjud emasligi ma'lum bo‘ldi.