Telegram-bot Virtual qabulxona

12.08.2024

Salkam 2 million so'mlik smartfon sifatlisiga almashtirildi

Insonlar o‘rtasida masofaviy aloqani o‘rnatishga xizmat qiluvchi mobil qurilmalar bugun hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurgan. Ammo turli brend ostida ishlab chiqarilayotgan smartfonlarning barchasi ham iste’molchiga manzur bo‘lavermaydi.

G‘ijduvon tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro G.S. ham tuman markazida joylashgan “Media Park” texnika do‘konidan 1 840 000 so‘mga smartfon xarid qilgan. Ammo ko'p o'tmasdan, uning sifatsizligi ma'lum bo'lgan. Bu bo‘yicha savdo xodimlariga shikoyat qilgan, ijobiy yechim bo'lmagach, amaliy yordam so‘rab, Buxoro viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasiga murojaat qoldirgan.

G‘ijduvon tuman jamiyati xodimlari tomonidan murojaat joyiga chiqib o‘rganilishi natijasida, smartfon nosoz ekanligi o'z isbotini topdi. Savdo do‘koniga smartfon qaytarilib, iste’molchining xohishiga binoan, sifatlisiga almashtirib berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00