
26.02.2024
O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi To'raqo'rg'on tuman ijro etuvchi apparatiga Namangan shahrida yashovchi fuqaro Y.Y. tomonidan murojaat kelib tushgan.
Murojaat bayoniga ko'ra, fuqaro tumandagi savdo do'konlarining biridan qiymati 14 million 375 ming so'm bo'lgan "Largo motors" rusumli skuter xarid qilgan. Undan foydalanish davomida esa bir qancha nuqsonlar borligi ma'lum bo'lgan. So'ng, fuqaro sotuvchidan qaytarib olishni so'ragan, ammo barcha e'tirozlar e'tiborsiz qoldirilgan.
Ijro etuvchi apparat mutaxassislari tomonidan tadbirkorga tegishli tartibda qonun talablari bo'yicha tushuntirish berilib, fuqaroning 14 million 375 ming so'm pul mablag'i qaytarib olib berildi.