Telegram-bot Virtual qabulxona

23.02.2023

“UzAvtoMotors” avtomashinasi nuqsonlar sabab yangisiga almashtirildi

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch telefoni orqali Qarshi shahrida yashovchi fuqaro H.O'. ning “UzAvtoMotors” tomonidan ishlab chiqarilgan “Cobalt” rusumli avtomashinaning sifatsizligi to'g'risidagi murojaati Qarshi shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan oʻrganildi.

Murojaatda qayd etilishicha, fuqaro “Qashqadaryo avtotexxizmat” MCHJ avtosaloni bilan 2022-yilning 23-may kuni tuzilgan shartnomaga muvofiq 128 million 645 ming soʻm toʻlab, "Cobalt" rusumli avtomashina xarid qilgan. Shartnoma shartlariga koʻra, transport vositasi 2022-yilning 31-oktabr kuniga qadar isteʼmolchiga yetkazib berilishi belgilangan boʻlsa-da, 17-dekabr kuni olib kelingan. Qolaversa, avtomashinaning tashqi boʻyoq qismida jiddiy nuqsonlari borligi maʼlum boʻlgan.

O'rganish davomida avtomashinaga boʻyash vositasi belgilangan meʼyordan kam sepilgani aniqlandi va bu haqda avtosalon mutasaddilari ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtirildi. Avtomashinadagi nuqsonni servis xizmati asosida bartaraf etishning imkoni yoʻqligi hamda isteʼmolchining talabiga koʻra, amaldagi isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik asosida nuqsonli “Cobalt” avtomashinasi ishlab chiqaruvchi tomonidan yangisiga almashtirib berilishi taʼminlandi.
 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00