Telegram-bot Virtual qabulxona

16.02.2024

Iste'molchi zimmasidagi 8 yarim million so'm noreal qarzdorlik bartaraf etildi

Joriy yilning 24-yanvar kuni Ozbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali Samarqand viloyati Bulung’ur tumanida yashovchi fuqaro F.B. tomonidan murojaat kelib tushgan.

Unga ko'ra, fuqaro kommunal to'lovlarni o'z vaqtida amalga oshirib kelgan bo'lsa-da, unga nisbatan 2022-2023 yillar uchun tuman gaz taminoti tomonidan 8 500 000 so’m noreal qarzdorlik hisoblangan.

Holat yuzasidan Bulung’ur tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o'rganish ishlari olib borildi. Bulung'ur tumani gaz ta’minoti idorasi xodimlariga qonuniy tushuntirishlar berilib, iste’molchining 8 500 000 so’m noreal qarzdorligi bartaraf etildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00