Telegram-bot Virtual qabulxona

23.11.2023

Iste'molchilarning buzilgan huquqlari sud orqali tiklandi

Buxoro shahrida yashovchi fuqarolar R.O, Q.I, va K.A. tomonidan shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushgan.

Unda keltirilishicha, fuqarolar Buxoro shahri "Namozgoh" ko'chasida qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan xonadon sotib olish maqsadida “Kamron Qurilish Stroy” MChJ bilan shartnoma tuzgan. Ammo MChJ tomonidan 2022-yilda qurilish tugatilishi belgilangan bo'lsa-da, ushbu majburiyat bajarilmagan.

Holat bo'yicha Buxoro shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqarolik ishlari bo'yicha Buxoro tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritildi. Sud qaroriga ko'ra, iste'molchi R.O. foydasdiga 16 250 000 so'm penya,  2 000 000 so'm ma’naviy zarar, Q.I. foydasiga 9 525 000 so'm penya, 3 310 000 so'm moddiy va 2 000 000 so'm ma'naviy zarar, shuningdek, fuqaro K.A. foydasiga 17 600 000 so'm penya, 2 000 000 so'm ma'naviy zararlar undirildi. Javobgar “Kamron Qurilish Stroy” MChJdan 3 847 400 so'm davlat boji undirilishi to'g'risida ham sud qarori chiqarildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00