Telegram-bot Virtual qabulxona

03.03.2022

“Ishonch telefoni” ga kelib tushgan arizalar ishonchli yechim topmoqda

Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 10-91 ishonch telefoniga kuniga isteʼmolchilarni qiynayotgan turli masalalarda arizalar kelib tushadi. Murojaatlar Federatsiya xodimlari tomonidan oʼrganilib, hududiy jamiyatlarga ham joʼnatiladi. Har bir isteʼmolchining murojaati oʼz joyida mutaxassislar tomonidan oʼrganilib, hal etiladi. Isteʼmolchilarga oʼz huquqlarini anglatish borasida qilinayotgan ishlar natijasida bugungi kunda fuqarolar isteʼmolchi sifatida oʼz haq-huquqlarini toʼlaroq anglab, huquqlari buzilganda federatsiyaga murojaat qilishmoqda.

 Toshkentlik Feruza Gulmirzaeva 2021yilning 28- dekabrida Federatsiyaning “ishonch telefoni” ga murojaat qilib, 2021 yilning oktyabr oyida Shayhontohur tumani “Beltepa” mavzesida joylashgan “Imzo” doʼkonidan oʼz xonadoni uchun 17 993 000 soʼmlik imzo deraza oynalarini olish uchun toʼlovni amalga oshirgan. Biroq isteʼmolchining yashash xonadoniga oynalarni oʼrnatish jarayonida sifatsiz xizmat koʼrsatilganidan norzi boʼlgan. Murojaatchining arizasiga binoan, holat oʼrganilib, oynalarni oʼrnatib bergan korxona ishchisiga amaldagi qonun hujjatlari yuzasidan tushuntirish olib borildi. Shundan soʼng F.Gulmirzaeva xonadoniga sifatli oynalar oʼrnatilib, moddiy zarar ham undirib berildi.

 Yana bir murojaatchi Davron Xolaydinov Toshkent shahridagi “Malika” savdo majmuasidan 4500000 soʼmga televizor xarid qilgan. Uyga kelib televizorni ishlatib koʼrishganda uning sifatsiz ekanligi maʼlum boʼlgan. Toshkent shahar Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan “Malika” savdo majmuasiga borib, sotuvchiga xolat tushuntirilib, televizorning chindan nosoz ekanligi isbotlab berildi. Muammo ijobiy yechim topib, sotuvchi tomonidan D. Xolaydinovga televizorning puli oʼz vaqtida qaytarib berildi.

 Yana shunday holatlardan biri isteʼmolchi Davlatshoh Boboev bilan yuz berdi. U ham “Malika” savdo majmuasidan “Poko X3 pro” rusumli telefonini 30 10000 soʼmga sotib olgan. Аmmo telefon IMEI roʼyxatidan oʼtkazilmagani bois isteʼmolchi telefon apparatini ishlatib boshlagach “bloklanib” qolgani toʼgʼrisida maʼlumot keladi. Shundan soʼng isteʼmolchi ushbu telefonni ishlata olmagan. U bu vaziyatda nima qilishini bilmay Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi “ishonch telefoni” ga bogʼlanib, ariza qoldirgan. Ushbu ariza ham Shayhontohur tumani Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan oʼrganilib, ish yakunida sotuvchi tomonidan isteʼmolchiga mahsulot puli qaytarib berilishiga erishildi. Har birimiz kundalik hayotimizda bu kabi holatlarga uchrashimiz mumkin. Isteʼmolchi sifatida huquqlaringiz buzilganda sizning qonuniy manfaatlaringizni himoya qiladigan tashkilot Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi borligini unutmang!

 

 Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini

 himoya qilish federatsiyasi

 Matbuot xizmati

 

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00