Telegram-bot Virtual qabulxona

04.04.2022

Yuzga aytganning zahri yoʼq: Qachon aviakassalarimiz qonuniy ishlaydi?

     Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida aviakompaniyalar faoliyati juda takomillashgan. Аviachiptalar xarid qilish eletron tizimda amalga oshirilib, isteʼmolchilarga chipta buyurtma berishi, sotib olingan chiptani bekor qilishi muammo emas. Аmmo oxirgi ikki yildagi yer yuzida roʼy berayotgan voqea-hodisalar bizda bu borda qilinishi zarur boʼlgan ishlar talaygina ekanligini koʼrsatib qoʼydi.

Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanida yashovchi fuqarolar F.Zakirov, Sh.Xamroev, B.Zaripov, B.Zayniev va Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi fuqaro U.Innatovlar 2022 yil 15 fevralь kuni ishlash maqsadida Rossiyaning Moskva shahriga borish uchun Navoiy shahrida joylashgan aviakassadan 2 774 000 soʼmdan jami 13 870 000 soʼmga avichiptalar sotib olishgan. Uchish reysi esa ayrim sabalarga koʼra bekor qilingan. Shundan soʼng, fuqarolar aviachipta uchun toʼlangan mablagʼini ololmay koʼp ovora boʼlishgan va Navoiy shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaat qilib, ushbu masalada amaliy yordam berishni soʼrashgan. Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan zudlik bilan oʼrganib chiqildi va aviachipta rahbariyatiga fuqarolarning isteʼmolchi sifatida huquqlari tushuntirildi.

 Natijada murojaat ijobiy hal etildi va fuqarolarga aviachipta uchun toʼlagan 13 870 000 soʼm pul mablagʼi qaytarilishida amaliy yordam koʼrsatildi. Yana shunday aviachipta muammosi bilan Beshariq tumani “Qoraqoʼyli” mahalla fuqarolar yigʼinida yashovchi fuqaro X.Аshurova ham Beshariq tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga ariza qoldirgan.Murojaatga koʼra isteʼmolchi T.Qurbonov (X.Аshurovaning turmush oʼrtogʼi) Beshariq shahri “Oltin vodiy” koʼchasida joylashgan aviakassadan Rossiya Federatsiyasiga 2022 yil 21 mart kuni bilan parvoz qilish uchun 2 600 000 soʼmga chipta sotib olgan. Biroq maʼlum sabablarga koʼra Rossiyaga ucha olmasligi ayon boʼlib qolgach, uchish amalga oshiriladigan kundan 9 kun oldin aviakassaga murojaat qilib, chipta uchun toʼlagan pullarini qaytarib olmoqchi boʼlgan. Аmmo qanchalik harakat qilmasin aviakassa tomonidan ushbu murojaat paysalga solinib, chipta pulini qaytarib berish kechiktirib kelingan. Ushbu murojaatni tuman jamiyatlari mutaxassislari tomonidan qonun doirasida oʼrganilishi natijasida isteʼmolchining chipta uchun toʼlangan pullari toʼliq qaytarilishiga erishildi.

 Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi imkoniyat darajasida isteʼmolchilarning aviachipta boʼyicha muammolarini hal etishga harakat qilmoqda. Hal etilgan murojaatlarni ommaviy axborot vositlarida yoritib bormoqda. Bundan koʼzlangan asosiy maqsad yurtdoshlarimizni ogohlikka chaqirishdir.Аviachiptalar bilan bogʼliq murojaatlar va ularning ijobiy yechimlari toʼgʼrisida qator maqolalar chop etilgach, Buxoro viloyati Jondor tumani “Mirzayon” MFY da yashovchi fuqaro N.S Oʼzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining Buxoro viloyati Jondor tuman jamiyatiga murojaat qilib, joriy yilning fevralь oyida Jondor tumanida joylashgan avikassadan "Buxoro-Damadedova” yoʼnalishi boʼyicha 3 000 000 soʼmga aviachipta xarid qilganligini, ammo maʼlum sabablarga koʼra avia qatnov bekor qilinganligini shunga qaramay avikassa xodimlariga aviachipta pulini qaytarishlarini soʼrab qilgan murojaatlari asossiz rad etilganidan noroziligini bildirib, amaliy yoʼrdam berishni soʼragan. Mazkur murojaat Jondor tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan joyiga chiqib oʼrganilib, avikassa xodimlariga amaldagi qonun-hujjatlari talablari yuzasidan tegishli tushuntirish berilganidan soʼng, muammo zudlik bilan ijobiy hal etildi, yaʼni isteʼmolchining 3 000 000 soʼm naqd pul qaytarib olib berildi. Isteʼmolchi murojaati eʼtiborsiz qolmaganidan va ijobiy hal etilganidan xursand boʼlib Federatsiya xodimlariga oʼz minnatdorchiligini bildirdi. Аslida bugungi kunda bunday muammolar yuz berishining oʼzi uyatli. Oʼzbekiston aholisi aviachiptani xarid qilish, sababli holatlarda bekor qilishi va chipta uchun toʼlagan pul mablagʼini qaytarib olishi muammo boʼlmasligi lozim... Mavjud kamchiliklar esa buning aksi ekanligini koʼrsatmoqda.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00