Telegram-bot Virtual qabulxona

14.02.2023

7 mln 200 ming soʼmlik generator nosoz chiqdi

Samarqand viloyati Payariq tumani "Koʼpaki" MFY da yashovchi Sh.N. Samarqand shahridagi Аvto ehtiyot qismlar bozoridan 7 200 000 soʼmga xarid qilgan generator nosoz chiqqan va uni sotuvchi almashtirib bermayotganidan norozi boʼlib, Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ishonch telefoniga murojaat qilgan.


Holat yuzasidan jamiyat xodimlari tomonidan sotuvchiga "Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi qonunning tegishli moddalari tushuntirilib, fuqaro Sh.N.ga boshqa rusumdagi generator olib berildi hamda mahsulot narxidagi farq isteʼmolchi tomonidan oʼz roziligiga asosan to’landi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00