Telegram-bot Virtual qabulxona

01.11.2021

Zarafshonda qurilish firmasi uy olish fikridan qaytgan mijozning boshlangʻich toʻlovidan “urib” qolmoqchi boʻldi

Zarafshon shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga joriy yilning 13-sentyabr kuni fuqaro M.Zayniddinova tomonidan murojaat kelib tushgan.

Unga koʻra, fuqaro Zarafshon shahar aholisi uchun koʻp qavatli turar joy kvartiralarini qurayotgan qurilish firmalarning biridan 2 xonali uyni umumiy bahosi 263 mln soʻmga kelishib, boshlangʻich toʻlov uchun 23 mln soʻm toʻlovni amalga oshirgan. Bugungi kunga kelib fuqaroning toʻlov qobilyati boʻlmaganligi sababli ushbu shartnomani bekor qilgan. Va toʻlagan toʻlovni qaytarib olish uchun qurilish firmasiga ariza bilan murojaat qilgan. Firma esa toʻlangan summa uchun qoʻshimcha 10 foiz ustama olgan. 

Bundan norozi fuqaro murojaat jamiyat masul xodimlari tomonidan joyida borib oʻrganib chiqildi. Haqiqatdan ham oʻrganishlar jarayonida murojaatda keltirilgan muammolar oʻz isbotini topgan. Jamiyat masul xodimlari tomonidan qurilish firmasi mutasaddi xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasining “Istemolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning tegishli moddalari tushuntirilgan.  

Shundan soʻng qurilish firmasi fuqaro M.Zayniddinova tomonidan toʻlangan 23 000 000 soʻm mablagʻ (boshlangʻich toʻlovni) toʻliq naqd shaklda qaytarib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00