28.06.2021
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasiga Norin tumanida yashovchi fuqaro M.Q.Xamidovdan murojaat kelib tushdi.
Murojaatda bayon etilishicha fuqaro xonadonini taʼmirlash va jihozlash uchun Norin tuman Toʻda MFY da joylashgan qurilish mollari doʻkonidan 12 000 000 mln soʻmlik qurilish mollari hamda jihozlari sotib olgan, lekin fuqaro xonadonini taʼmirlash ishlari nixoyasiga etgach oradan 2 kun vaqt oʻtib qurilish xom ashyo mollari sifatsiz chiqqanligidan norozi boʻlib, murojaat etdi.
Mazkur murojaat Federatsiyaning Norin tuman jamiyati xodimlari tomonidan qonunda belgilangan tartibda oʻrganilib chiqildi va doʻkon raxbari tomonidan isteʼmolchi foydasiga 12 000 000 soʻm pul miqdori undirib berilishiga erishildi.