![](/assets/images/resources/main-header-three-line-icon.png)
28.04.2023
Namangan shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga To'raqo'rg'on tumani aholisi tomonidan “Namangan Musaffo iqlim” MCHJ To'raqo'tg'on tuman filialining 2023-yil yanvar, fevral oylarida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib ketish boʻyicha sifatli xizmat koʻrsatmagani toʻgʻrisida murojaatlar kelib tushgan.
Tumanda 68 ta MFY mavjud bo'lib, ularning 35 tasi “Namangan Musaffo iqlim” MChJ bilan shartnoma imzolagan. Ammo qish mavsumidagi anomal sovuq vaqtida korxona avtomobillari va maxsus texnika vositalariga yonilgʻi quyish boʻyicha muommolar yuzaga kelgani sababli, yanvar, fevral oylari davomida qatnov grafigi yo'nalishi boʻyicha MFYlarga toʻliq xizmat koʻrsatish imkoni boʻlmagan.
Oʻrganish natijalariga koʻra, korxona tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni to'plash va olib ketish bo'yicha toʻliq xizmatlar koʻrsatilmagan davrlar uchun jami 180 015 000 so`m toʻlovlarning aholidan undirilishi bekor qilindi.