Telegram-bot Virtual qabulxona

01.08.2024

7,5 million so'mlik nosoz elektroskuter bepul ta'mirlandi

Xatirchi tumani "Polvonota" MFYda yashovchi fuqaro O.Y. tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib, 2024-yil aprel oyida tuman markazida faoliyat yurituvchi "Hamroh" savdo markazidan 7 500 000 so‘mga elektroskuter sotib olgani lekin u bir hafta o‘tmasdan, nosoz holga kelib qolgani, mas'ullar esa turli bahonalarni ro‘kach qilib, fuqaroni ovora qilayotganini ma'lum qilgan.

O‘rganishlar davomida iste’molchining e’tirozi o‘z isbotini topdi va savdo markazi ma'muriyatiga bu borada O‘zbekiston Respublikasining "Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonuni talablari yuzasidan to‘liq tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada, ishlab chiqaruvchining aybi bilan mahsulot yaroqsizligi aniqlanib,  skuterga yangi boshqaruv "miya"si va boshqa ehtiyot qismlari o‘rnatilib, bepul ta'mirlab berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00