09.08.2023
Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali Toʻraqoʻrgʻon tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro A.R.ning murojaati kelib tushdi. Fuqaro murojaatining mazmuniga koʻra, tumanda faoliyat yurituvchi tadbirkor "Musaffo yurt tomorqa xizmatlari"MCHJga bank orqali quyosh panellari oʻrnatib berishi uchun 27.000.000 (yigirma yetti million) soʻm mablagʻ oʻtkazib berilgan. Ushbu mablagʻ 2023-yil 11-mayda tadbirkorning hisob raqamiga oʻtkazilgan boʻlishiga qaramay haligacha quyosh panellari oʻrnatib berilmagan. Fuqaro A.R. tadbirkorning hisobiga oʻtkazilgan mablagʻning kredit toʻlovini bank hisobiga 3oy davomida toʻlab kelgan.
Koʻrsatilmagan xizmat uchun haq toʻlashdan charchagan fuqaroning muammosi tuman jamiyat mutaxassislari tomonidan oʻrganilib bartaraf etildi. Tadbirkorning hisob raqamiga oʻtkazilgan 27.000.000 soʻm mablagʻ bankka qaytarildi hamda fuqaroning 3 oy davomida kreditga toʻlab kelgan 1 719 861 (bir million yetti yuz oʻn toʻqqiz ming sakkiz yuz oltmish bir)soʻm mablagʻ tadbirkordan fuqaroga undirib berildi.