Telegram-bot Virtual qabulxona

04.04.2023

5 million 700 ming so'm pul mablag'i iste'molchiga qaytarildi

Buxoro viloyati Buxoro shahrida yashovchi fuqaro O.F. Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Buxoro viloyati hududiy birlashmasiga ogʻzaki murojaat qilgan.

Unga ko'ra, fuqaro shu yilning 11-mart kuni Kogon tumani Geofizika shaharchasidagi “Smart” doʻkoniga 5 700 000 soʻm oldindan to'lov qilib, yotoqxona mebeli va stol-stulga buyurtma bergan. Tayyor bo'lgan tovarlarning oʻlchami toʻgʻri kelmagani sababli, toʻlangan pulini qaytarib berishini soʻrab, doʻkonga bir necha marta murojaat qilgan, ammo iste'molchi muammosi eʼtiborsiz qoldirilgan.

Murojaat Kogon tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganilib, savdo doʻkoni ishchi-xodimlariga amaldagi qonun hujjatlari talablari yuzasidan tegishli tushuntirish ishlari olib borilgandan soʻng, mebellar uchun oldindan toʻlangan 5 700 000 soʻm pul mablag'i toʻliq iste'molchiga qaytarib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00