Telegram-bot Virtual qabulxona

14.02.2023

Banklardagi hiyla-nayranglar davom etmoqdami?

 

Buxoro shahar istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Buxoro shahrida yashovchi fuqarolar Sh.N va D.Z. "Ipoteka bank"ning Buxoro shahridagi filialidan noroziligini bildirib, murojaat qilgan.

Fuqaro Sh.N. murojaatiga ko'ra, uning “Ipoteka bank” ga qarashli plastik kartasi muddati tugagan hamda bloklanib qolgan. Kartada 736 000 soʻm mablagʻ bo'lgan. Shu sababli, fuqaro bank xodimlariga murojaat qilib, o'z pulini boshqa kartaga koʻchirib berishlarini soʻragan. Bank xodimlari esa 50 000 soʻm to'lov qilishi va yangi plastik karta ochtirishini aytgan.

Murojaat Buxoro shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganilib, bank xodimlariga amaldagi qonun hujjatlari talablari yuzasidan tegishli tushuntirish ishlari olib borilgandan soʻng, isteʼmolchi Sh.N.ga  yangi plastik karta ochtirilib, 736 000 soʻm puli olib berildi.


Fuqaro D.Z.ning murojaatida keltirilishicha, istemolchining telefon raqamiga yolgʻon spam xabar kelgan va plastik kartadagi 1 375 000 soʻm mablagʻ ushbu spam dasturi orqali yechib olingan.

Oʻrganishlarga ko'ra, bankning kiberxavfsizlik tizimi yetarli darajada ta'minlanmagani ma'lum bo'ldi. Natijada, isteʼmolchi D.Z.ning  plastik kartasiga 1 375 000 soʻm mablag' tashlab berildi.
 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00