Telegram-bot Virtual qabulxona

26.09.2023

1 million 200 ming so'm miqdordagi noreal qarzdorlik bartaraf etildi

Yer yuzida barcha jonzotlarning yashashi uchun zaruru bo'lgan asosiy unsurlardan biri, shubhasiz, suv hisoblanadi. Obi-hayotni tejab ishlatish, maqsadli sarflash hamda iste’mol qilingan toza suv uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish har bir fuqaroning majburiyati sanaladi. Ammo, afsuski, iste’molchilardan ayrim hollarda iste’mol qilmagan ichimlik suvi uchun ham to'lov talab qilinadi. Bu kabi holatlarda fuqaro qanday yo‘l tutish kerak?

Qorovulbozor tumanida yashovchi fuqaro R.M. xonadonida iste’mol qilgan ichimlik suvi uchun to‘lovlarni doimiy to‘lab borishiga qaramasdan, "Suvoqava" MCHJ Qorovulbozor tuman filliali tomonidan unga nisbatan 1 200 000 so‘m noreal qarzdorlik hisoblangan. Iste’molchi holatga oydinlik kiritish maqsadida Buxoro viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi ishonch telefoni orqali og‘zaki murojaat qoldirgan.

Qorovulbozor tuman jamiyati raisi Sh.Avezov tomonidan murojaat qisqa fursatda o‘rganilib, iste’molchi murojaati ijobiy hal etildi, ya’ni murojaatchiga chiqarilgan asossiz qarzdorlik bartaraf etildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00