Telegram-bot Virtual qabulxona

05.07.2023

3 million so'mlik nosoz mebel bepul ta'mirlab berildi

Zarafshon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Zarafshon shahri 14-kichik tumanda yashovchi fuqaro H.O. tomonidan og‘zaki murojaat kelib tushgan.

Unga ko‘ra, fuqaro 1-kichik tumanda joylashgan mebel ishlab chiqaruvchi sexga 3 000 000 so‘mlik mebel buyurtma bergan. Ammo mebel o'rnatilganidan keyin uning nuqsonlari ko'rina boshlagan.

Murojaat yuzasidan jamiyat xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilib, haqiqatan ham arizada keltirilgan kamchiliklar o‘z isbotini topdi. Mebel ishlab chiqaruvchi sex rahbariyatiga hamda ustalarga O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuning tegishli moddalari tushuntirib o‘tildi. Shundan so‘ng, ustalar tomonidan nuqsonli mebelning kamchiliklari bartaraf etib berildi.

 

 

 

 


 

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00